MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI

1917-yil 28-fevral: Rossiyada fevral inqilobi g'alaba qozondi.
1917-yil 14-mart: Toshkentda Sho'royi Islomiya tashkiloti
tuzildi.
1917-yil 26-mart: Toshkentda Najot gazetasining 1-soni
chiqdi.
1917-yil 16-aprel: Turon gazetasi nashr etila boshlandi.
1917-yil 1-2-may: Moskvada Butun Rossiya musulmonlarining
I qurultoyi bo'lib o'tdi.
1917-yil may-iyun: Musulmon ishchi deputatlarining
paydo bo'lishi.
1917-yil iyun: Sho'royi Ulamo tashkiloti vujudga keldi.
1917-yil 1-noyabr: Toshkentda sovet hokimiyati zo'ravonlik
bilan o'rnatildi.
1917-yil 15-22-noyabr: Turkiston o'lka sovetlarining III
qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Turkiston Xalq Komissarlari
Soveti tuzildi.
1917-yil 26-28-noyabr: Qo'qonda Turkiston musulmonlarining
IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston
Muxtoriyati tashkil etildi.
1917-yil 25-dekabr: Qo'qonda o'lka musulmon ishchi,
askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi bo'lib o'tdi.
1918-yil fevralning oxiri: Turkiston mintaqasida sovet
hokimiyatiga qarshi harakat boshlandi.
1918-yil mart: Buxoro-Kogon yo'nalishida Kolesov qonli
voqeasi yuz berdi.
1918-yil 21-aprel: Toshkentda Turkiston xalq universiteti
ochildi.
1918-yil 20-aprel-1-may: Toshkentda Turkiston Sovetlarining
V qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Turkiston Avtonom
Sovet Respublikasi (TASR) tuzildi.
1918-yil oktabr: Turkiston o'lka sovetlarining IV qurultoyi
bo'ldi. Unda TASSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1919-yil mart: O'lka musulmon kommunistlari byurosi
(Musbyuro) tuzildi.
1919-yil oktabr: Markazdan Toshkentga katta vakolatlarga
ega bo'lgan Turkkomissiya yuborildi.
1920-yil 2-fevral: Xivada xonlik hokimiyati ag'darildi.
1920-yil 27-30- aprel: Butun Xorazm xalq vakillari I
qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
1920-yil 2-sentabr: Buxoroda amirlik hokimiyati ag'darildi.
1920-yil 13-sentabr: RSFSR bilan XXSR o'rtasida ittifoq
shartnomasi tuzildi.
1920-yil 6-8-oktabr: Butun Buxoro xalq vakillari I qurultoyida
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzildi.
1921-yil 4-mart: Moskvada BXSR bilan RSFSR o'rtasida
ittifoq shartnomasi imzolandi.
1921-yil 10-mart: XXSRning Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi
hukumati sovetlar zo'ravonligi bilan ag'darib tashlandi.
1921-yil avgust: Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti
tashkil topdi.
1921-1922-yillar: Turkiston ASSRning Sirdaryo, Farg'
ona Samarqand viloyatlarida dastlabki yer-suv islohoti
o'tkazildi.
1923-yil 5-9-mart: Toshkentda O'rta Osiyo Respublikalarining
I iqtisodiy konferensiyasi bo'ldi. Unda O'rta Osiyo
Iqtisodiy Kengashi (Sredazekoso) tuzildi.
1924-yil: Markaz rahbarligida O'rta Osiyoda milliyhududiy
chegaralanish jarayoni amalga oshirildi.
1925-yil 13-fevral: Buxoroda Umumo'zbek sovetlarining I
qurultoyida O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi
to'g'risidagi deklaratsiya qabul qilindi.
1925-yil 13-may: O'zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi.
1927-yil: Hujum harakati boshlandi.
1928-yil: Arab alifbosi asosidagi o'zbek yozuvidan lotin
yozuviga o'tildi.
1937-yil: Moskvada I o'zbek san'ati va adabiyoti dekadasi
bo'lib o'tdi.
1939-yil avgust-sentabr: Katta Farg'ona kanali qurildi va
ishga tushirildi.
1940-yil: O'zbekistonda lotin yozuvidagi alfavitdan kirillitsa
yozuviga o'tildi.
1940-yil 9-yanvar: O'zbekiston Davlat Fan qo'mitasi
SSSR FAning filialiga aylantirildi.
1941-yil 22-iyun: O'zbekiston Ikkinchi jahon urushi girdobiga
tortildi.
1941-yil 25-avgust: U. Yusupov boshliq harbiy xo'jalik
ishlari bo'yicha respublika hukumat komissiyasi tuzildi.
1941-yil iyul-dekabr: O'zbekistondagi 300 ta sanoat korxonasi
harbiy izga solindi.
1941-yil iyul-dekabr: SSSRning g'arbiy hududlaridan 104
ta zavod va fabrikalar O'zbekistonga ko'chirib keltirildi.
1941-1943-yillar: SSSRning g'arbiy hududlaridan 1 mln
kishi, jumladan, 200 ming bola O'zbekistonga ko'chirib keltirildi.
1943-yil 4-noyabr: O'zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil
qilindi.
1944-yil mart: Bekobodda O'zbekiston metallurgiya zavodi
qurilib ishga tushirildi.
1943-yil oxiri - 1944-yil boshlari: O'z Vatanidan badarg'a
qilingan chechenlar, ingushlar, qrim-tatarlari, mesxeti turklari,
ponteya greklari O'zbekistonga ko'chirib keltirildi.
1945-yil 7-may: Bekobod shahrining tashkil topgan vaqti.
1949-yil 25-iyun: O'zKP(b)MQning byurosi O'zbekiston
yozuvchilar soyuzining ishi to'g'risida qaror qabul qildi.
Ko'plab yozuvchi va shoirlar qatag'on qilindi.
1950-yil 1-sentabr: O'zKP(b) MQning byurosi O'zbekiston
Fanlar akademiyasining ishi to'g'risida qaror qabul
qildi. Ko'plab olimlar millatchilikda ayblandi.
1952-yil 21-22-fevral: O'zKP(b) MQning X plenumi
Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilash
choralari to'g'risida qaror qabul qildi. Ko'plab ijodkor ziyolilar
tanqid va badnom qilindi.
1956-yil 5-noyabr: Toshkent televizion markazi ishlay
boshladi.
1958-1960-yillar: Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent
gaz quvuri qurildi.
1961-1965-yillar: Buxoro-Ural gaz quvuri qurildi.
1963-yil 16-fevral: Sirdaryo viloyati tuzildi.
1964-1966-yillar: Muborak-Toshkent-Chimkent-
Bishkek - Almati gaz quvuri qurildi.
1965-1975-yillar: O'rta Osiyo-Markaz gaz quvuri qurildi.
1970-yil: Samarqand-Qarshi temiryo'li qurildi.
1972-yil: Qo'ng'irot-Beynov temiryo'li qurildi.
1973-yil 29-dekabr Jizzax viloyati tashkil topdi.
1978-1979-yillar: Toshkentda balandligi 350 metrli televizion
minora qurildi.
1982-yil 20-aprel: Navoiy viloyati tuzildi.
1984-1989-yillar: Paxta ishining to'qib chiqarilishi va
minglab odamlarning qatag'on qilinishi.
1989-yil 23-iyun: Islom Karimov O'zKP MQning birinchi
kotibi etib saylandi.
1989-yil 21-oktabr: O'zSSR Oliy Kengashi O'zbekiston
SSRning Davlat tili to'g'risida Qonun qabul qildi.
1989-yil 1-dekabr: Qoraqalpog'iston ASSR davlat tili
to'g'risida Qonun qabul qilindi.
1990-yil 24-mart: Islom Karimov Oliy Kengash
tomonidan O'zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1990-yil 20-iyun: Respublika Oliy Kengashi Mustaqillik
Deklaratsiyasini qabul qildi.
1990-yil 14-dekabr: Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suvereniteti to'g'risida
Deklaratsiya qabul qildi.